"NAMANGAN AGROKIMYOHIMOYA

HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATI

 

Ishonch telfonlari (998 69) 234 41 02

O‘g‘itlash tizimining asosiy maqsadi almashlab ekish sharoitida o‘g‘itlardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tashkiliy, xo‘jalik, agrokimyoviy va agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olish uchun eng maqbul o‘g‘it turi, me'yori, qo‘llash muddatlarini belgilashdir. O‘g‘itlash tizimini ishlab chiqishda ekinlarning biologik xususiyatlarini, rejalashtirilayotgan hosildorlikni, tuproq-iqlim sharoitlarini, o‘g‘itlarning keyingi ta'sirini, almashlab ekish jarayonida tuproqdagi oziq moddalarning balansini, o‘g‘itlarning hosil sifati va tuproq unumdorligiga ko‘rsatadigan ta'sirini hisobga olish zarur.