"NAMANGAN AGROKIMYOHIMOYA

HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATI

 

Ishonch telfonlari (998 69) 234 41 02

O‘g‘itlarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati Tarkibida o‘simliklar uchun zarur oziq moddalarni tutadigan va dehqon tomonidan tuproqqa kiritiladigan moddalarga o‘g‘itlar deyiladi. Dehqonchilikni kimyolashtirish - ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo‘lidir. O‘g‘itlardan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishda eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosil bilan tuproqda ma'lum miqdorda oziq elementlarini olib chiqib ketadi. Ekinlar hosili qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning tuproqdan oladigan oziq moddasi ham shuncha ko‘payadi, demak ekinlardan yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan o‘g‘it miqdori ham ko‘proq bo‘lishi lozim. Shuning uchun doimiy ravishda yuqori hosil yetishtirish maqsadida tuproqqa har yili yetarli miqdorda mineral o‘g‘itlar va go‘ng solish zarur. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi mineral o‘g‘itlar hisobiga olinadi. Ko‘pgina ekinlarda o‘g‘it qo‘llash bilan bogliq 1 so‘mlik sarf-xarajat 2-3 so‘m bo‘lib hosil bilan qaytadi, go‘zani o‘g‘itlashda esa bu ko‘rsatkich 8-9 so‘mni tashkil etadi.