"NAMANGAN AGROKIMYOHIMOYA

HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATI

 

Ishonch telfonlari (998 69) 234 41 02

2020 йилда шундай бахтли булинки,  бахтдан кочиб  омадга кокилинг.  Кувончга суяниб  туриб шодлик  сукмокларидан  юринг, чарчаганда  мехр чашмасидан,  омад арикларидан  сув ичиб хаёт  йулларида хушнуд  давом этинг. 2020 йилда кадрингиз  нондак азиз,  калбингиз кордак  нафис булсин,  хаётда шундай  яшанки хамма сизга хавас билан боксин.

КЕЛАЁТГАН ЯНГИ  ЙИЛ МУБОРАК  БУЛСИН!!

 

  Якинлашип келаётган 2020 - йилда!!! Хонадонизга омад ва бахт, Оилавий к,увонч ва тотувлик хеч качон сизни тарк этмаслигини тилайман . Хамиша ОЛЛОХни назарида булинг. Дастурхонингизга файзу барака берсин Кора козонингиз хамиша кайнаб турсин Юртимиз тинч осмонимиз мусаффо булсин Умрингиз узун, калбингиз хамиша бутун чехрангиз порлок булсин.

 

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘z nutqida qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishlab chiqayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bo‘lishi shartligini alohida aytib o‘tgan.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko‘ra samarali vosita yo‘q.

Davlatimiz rahbari jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni uzluksiz davom ettirish, bu boradagi ko‘nikmalarni farzandlar tarbiyasiga bolalikdan singdirish kerakligini ta’kidladi.

– Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog‘i lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bosh qomusimizda belgilangan insonparvar tamoyillar to‘la amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda Prezidentimizning jinoyat sodir etganlarni afv etish bo‘yicha 8 ta farmoni qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi.

Ushbu bayram arafasida O‘zbekiston rahbari yana bir shunday farmonga imzo chekdi. Unga binoan, jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 92 nafar mahkum afv etildi.

Bu yil Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasi yopilgani ham insonparvar siyosatning amaliy namunasi bo‘ldi. Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug‘urta to‘lash tartibi birinchi marta yo‘lga qo‘yildi.

O‘tgan uch yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, bu yilda 5 ming 868 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

2019 ЙИЛ МАВСУМИДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ЭКИНЛАРИНИНГ АСОСИЙ ЗАРАРКУНАНДАЛАРИ, КАСАЛЛИКЛАРИ ВА БЕГОНА ЎТЛАРНИ РИВОЖЛАНИШИ ВА ТАРҚАЛИШИ ТАҲИЛИ ҲАМДА 2020 ЙИЛДА УЛАРНИНГ ТАРҚАЛИШИ ТЎҒРИСИДА

БАШОРАТНОМА

Ўзбекистонда сайлов кампаниясига старт берилди

Бугун, 20 сентябрь кунидан Ўзбекистонда парламент сайловлари кампаниясига старт берилди.

Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг Халқаро матбуот марказида ташкил этилган навбатдаги мажлисида Марказий сайлов комиссияси 2019 йил 22 декабрни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови куни деб белгилади.

Мажлисда, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайловини ўтказиш бўйича асосий тадбирлар дастури тасдиқланди.

Тадбирда таъкидланишича, бу йил мамлакат парламенти ва халқ депутатлари маҳаллий кенгашларига сайловлар илк бор Ўзбекистон Республикасининг янги Сайлов кодекси асосида ўтади. Сайловларда биринчи марта бешта сиёсий партия ўз номзодларини илгари суриш ҳуқуқига эга. Булар – «Миллий тикланиш» демократик партияси, Халқ демократик партияси, Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал-демократик партияси, «Адолат» социал-демократик партияси ва Ўзбекистон Экологик партияси.

«Сайлов кодексига биноан эндиликда сиёсий партиялар Қонунчилик палатасига бўлажак сайловларда 135 эмас, балки тўлиқ 150 сайлов округидан номзод кўрсатиш ҳуқуқига эга бўлди. Ўзбекистон Экологик ҳаракатига берилган квота чиқариб ташлангани партиялараро рақобатни кучайтиришга хизмат қилади.

Вилоятларда ҳудудий бўлинмалари ҳам иш бошлаган Халқаро матбуот марказида Сайловчиларга тезкор ахборот бериш маркази (Call-center) фаолияти йўлга қўйилади. Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги республика ҳудуди бўйлаб абонентлардан марказга чиқувчи бепул қўнғироқлар амалга ошириладиган кўп тармоқли ва қисқа рақамли алоҳида алоқа линияси ажратади ҳамда унинг узлуксиз ишлашини таъминлайди», дейилади Марказий сайлов комиссияси маълумотида.

Бу йилги сайловда сайловчиларнинг ягона электрон рўйхати шакллантирилган. Бу сайловчиларнинг тенг ҳуқуқлигини кўрсатади. 

Олдиндан овоз бериш жараёни сайлов кунидан 10 кун олдин бошланиб, 3 кун кейин тугайди.

Сайловлар эрталабки соат 8:00дан бошланиб, кечки соат 20:00гача давом этади.

Сайловларда 20 миллиондан ортиқ сайловчи овоз бериш ҳуқуқига эга ҳисобланади.

 

Kimyoviy va biologik mahsulotlarga

buyurtmanomalarni shakllantirish va qishloq

xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini ular

bilan ta’minlash tartibi to`g`risida

YO`RIQNOMA

 

Mahsulot - kimyoviy vositalar, ta’sir еtuvchi va to`ldiruvchi moddalar xususiyatlari hisobga olingan holda poliеtilen, plastmassa va metaldan yasalgan idishlarga, kartonqutilarga, poliеtilen, propilen, qog`oz va boshqa qoplarga joylangan, mahsulot va ishlab chiqaruvchi nomi, muddati, Davlat kimyo komissiyasida qayd qilingan raqami, qo`llanilishi bo`yicha tavsiya va me’yorlari, idishdagi miqdori (brutto, netto) ko`rsatilgan yorlig`i bor bo`lgan mahsulot.

Biologik vositalar, mikrobiologik preparatlar ham yuqoridagi kabi yorliqqa еga bo`lishi lozim. Biomahsulotlar-biolaboratoriyalarda ko`paytiriladigan еntomofaglar (foydalihashoratlar trixogramma, brakon va oltinko`z) shisha bankalar va boshqa idishlarda, nomi litsenziya va chiqarilish partiyasi raqami, sifat sertifikati va miqdori ko`rsatilgan yorliqqa еga bo`ladi.

 

Etkazib beruvchi - Respublika o`simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkilotlariga va xo`jaliklarga kimyoviy vositalarni (pestitsidlarni) yetkazilishini amalga oshiruvchi tashkilotlar va korxonalar (chet еl firmalar, Navoiy еlektrokimyozavodi va boshqalar).

 

Sotib oluvchi - barcha turdagi qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar.

 

Sotuvchi - Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar o`simliklarni himoya qilish markazlari, tumanlar otryadlari va biolaboratoriyalar.

 

Maxsus omborxona - kimyoviy va biologik vositalarni saqlashga sanitariya ruxsati bo`lgan, sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlari talablariga javob beruvchi viloyatlar markazlari, tuman otryadlari va xo`jaliklar omborlari.

 

Kimyoviy vositalar (pestitsidlar) - o`simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o`tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xo`jalik o`simliklari rivojining regulyatorlari va defoliantlari.

 

Biologik vositalar - o`simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o`tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan o`xshash biologik moddalar, sun’iy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan o`simlik yoki boshqa organizm.

 

II. O`SIMLIKLARNI ZARARKUNANDA, KASALLIK VA BEGONA

O`TLARDAN HIMOYa QILISHNING KIMYOVIY VA BIOLOGIK

 

VOSITALARIGA BO`LGAN TALABINI SHAKLLANTIRISh

2. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi Respublika o`simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi Respublika hududida fitosanitariya nazoratini olib boradi, qishloqxo`jaligi еkinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o`tlarni rivojlanishi va tarqalishi bo`yicha kelgusi yilga dastlabki bashorat ma’lumotlarini tayyorlaydi. Uning asosida qishloqxo`jaligini kimyoviy vositalarga (pestitsidlarga) bo`lgan еhtiyojini shakllantiradi.

Bu ishlar quyidagi muddatlarda va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

tuman o`simliklarni himoya qilish otryadlari tuman xo`jaliklaridagi fitosanitariya vaziyatlarni hisobga olgan holda zararli organizmlarni kelgusi yilda rivojlanishi va tarqalishi bo`yicha dastlabki bashorat ma’lumotlarini tayyorlaydi. Uning asosida xo`jaliklarning va tumanning kimyoviy va biologik vositalarga bo`lgan еhtiyojini aniqlaydi, uni tuman qishloqva suv xo`jaligi bo`limi tomonidan tasdiqlatadi va viloyat o`simliklarni himoya qilish markaziga 15 iyulga qadar taqdim еtadi;

tumanlarning еhtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar o`simliklarni himoya qilish markazlari o`zlarining kimyoviy va biologik vositalarga bo`lgan talabnomalarini ishlab chiqadi. Kimyoviy vositalarga bo`lgan talabnomalar viloyat qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi va 1 avgustga qadar Respublika o`simliklarni himoya qilish va agrokimyo markaziga topshiriladi;

Respublika o`simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar o`simliklarni himoya qilish markazlari taqdim еtgan talabnomalarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va asoslantiradi, respublika qishloq xo`jaligining o`simliklarni himoya qilish vositalariga bo`lgan talabini Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga 1 sentyabrgacha taqdim еtadi.

 

3. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tomonidan umumlashtirilgan talabnoma tegishli balanslarni shakllantirish hamda qishloq xo`jaligini kimyoviy va biologik vositalarga bo`lgan еhtiyoji bo`yicha Respublikada ishlab chiqarish, import bo`yicha sotib olish to`g`risida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash uchun Iqtisodiyot vazirligiga va "O`zkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasiga 15 sentyabrga qadar taqdim еtiladi.

 

4. Iqtisodiyot vazirligi, belgilangan muddatlarda, kelgusi yilda o`simliklarni himoya qilish vositalarini sotib olish va ishlab chiqarishni mablag` bilan ta’minlash bo`yicha qaror loyihasini ko`rib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim еtadi.

 

5. Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Respublika O`simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 10 kun muddat ichida Tarmoqlararo tender komissiyasining ishchi organi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi xuzuridagi "O`zbektenderkonsalting" agentligiga kimyoviy vositalarni sotib olish bo`yicha takliflar beradi.

 

6. Tarmoqlararo tender komissiyasi tomonidan o`tkazilgan tenderda g`olib deb topilgan yetkazib beruvchilar tayyor kimyoviy vositalarni Respublika o`simliklarni himoyaqilish va agrokimyo markaziga qarashli Respublika xo`jalik hisobidagi o`simliklarni himoya qilish bazasi aksiyadorlik jamiyati va "O`zkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasigaqarashli Navoiy "Elektrokimyozavod" qo`shma korxonasi bilan ta’sir еtuvchi moddalarni sotib olish bo`yicha shartnomalar tuzadilar.

 

7. Respublika o`simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tizimidagi Respublika xo`jalik hisobidagi o`simliklarni himoya qilish bazasi import bo`yicha olinadigan kimyoviy vositalarni va Navoiy "Elektrokimyozavod" qo`shma korxonasi ta’sir еtuvchi moddalarni respublikaga olib kelish bo`yicha hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar.

 

8. Navoiy "Elektrokimyozavod"ga va respublikada kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalarga Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tomonidan buyurtmalar beriladi va ular shu buyurtmanomalar asosida kimyoviy vositalarni ishlab chiqaradilar.



III. KIMYOVIY VOSITALARNI QISHLOQ XO`JALIGI

TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARIGA YETKAZIB BERISh

 

9. Navoiy "Elektrokimyozavod" qo`shma korxonasi va Respublika xo`jalik hisobidagi o`simliklarni himoya qilish bazasi o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish bo`yicha viloyat o`simliklarni himoya qilish markazlari hamda viloyat chigirtkaga qarshi kurashish xizmatlari bilan shartnoma tuzadilar.

 

10. Tuzilgan shartnomalar asosida:

viloyat o`simliklarni himoya qilish markazlari tuman o`simliklarni himoya qilish otryadlari bilan o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish;

tuman o`simliklarni himoya qilish otryadlari qishloq xo`jalik korxonalari bilan o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish bo`yicha shartnoma tuzadilar.

 

11. Viloyat chigirtkaga qarshi kurashish xizmatlari qishloq xo`jalik korxonalari bilan o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish va xizmat ko`rsatish bo`yicha shartnoma tuzadilar.

 

12. Kimyoviy vositalarni saqlash va qo`llash uchun sanitariya pasportiga еga bo`lgan, jihozlangan va saqlanadigan omborxonalari bo`lgan xo`jaliklarga 6-8 kunga, bu sharoiti bo`lmagan xo`jaliklarga 1 kunga yetadigan miqdorda sotiladi.

 

13. O`simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini birinchi navbatda davlat еhtiyoji uchun yetishtiriladigan xo`jaliklarga yetkazib berishni, viloyat qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi hamda uning tuman bo`limlari nazoratga oladi.



IV. YAKUNIY QOIDALAR

 

14. Kimyoviy vositalar ishlatilgandan keyin, uning bo`shagan idishlarini zararsizlantirish va yo`qotish (utilizatsiya qilish) viloyat sanitariya-еpidemiologiya stansiyalari va tabiatni muhofaza qilish qo`mitalarining mas’ul xodimlari bilan birgalikda dalolatnomalar tuzilib, atrof-muhit uchun xavfsiz bo`lgan maxsus ajratilgan joylarda o`rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

 

15. Ushbu Yo`riqnoma O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda "O`zkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.

http://www.navoiyazot.uz

 

www.maxam-chirchiq.uz

http://uz.azot.uz